Keyingi yildan testlar onlayn ko`rinishda topshirilishi mumkin :)


Keyingi yildan san`at va ijod bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi oliygohlarga kirish imtihonlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ma`lum qilgan.

Videoselektorda qatnashgan prezident bunday oliygohlarda faqat ijodiy imtihon bo‘lishini ma`lum qilgan. Bundan maqsad haqiqiy iqtidorlilar qolib, testda ona-tili yoki matematika fani savollarini yechib o‘qishga kirish holatlari oldini olish hisoblanadi.

«O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Madaniyat instituti va Dizayn institutida kirish imtihonlarida test topshirish - xiyonat. Ular qo‘shiq aytishni bilsa, chizishni bilsa, talanti bo‘lsa, iqtidori bo‘lsa, test topshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — degan prezident.

Shuningdek, eng yaxshi kutilayotgan yangiliklardan biri bu - keyingi yildan test sinovlari onlayn ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda, ya’ni javoblari o‘sha zahoti, o‘sha kuniyoq chiqadigan ko‘rinishda;