Barcha abituriyentlarni qayerda va qanday qilib imtihon natijalarini bilish mumkin?


Barcha abituriyentlarni qayerda va qanday qilib imtihon natijalarini bilish mumkin degan asosiy savol qiziqtiradi. Batafsil javob beramiz.

Kirish testlarining natijalari imtihon kunidan bir kun o‘tib tayyor bo‘ladi. Siz uni onlayn tarzda – cabinet.dtm.uz. sayti orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

E'tibor bering, bu har bir abituriyentning individual bali, ko‘rsatkichdir. Talabalikka tavsiya etilganlik yoki etilmaganlik haqidagi ma'lumot respublika bo‘yicha OTMlarning bakalavriat yo‘nalishlariga qabul test sinovlari to‘liq tugagandan keyin www.dtm.uz saytida e'lon qilinadi.