3 bosqich talabasi maktabda dars berishi mumkinmi?


Savol: Men pedagogika universitetning 3-bosqich talabasiman. Aytingchi, men maktabda dars berishim mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risidagi Nizom"ning 8-bandiga ko‘ra pedagoglik ishini amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasining 4-bosqichida o‘qiyotgan shaxslar qo‘yilishi mumkin.

Siz 3-bosqichida tahsil olayotganligingiz uchun umumtaʼlim muassasalarida o‘qituvchi sifatida ishlashingiz mumkin emas.