Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘ijduvon tumani, Paxtaobod mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Toshkent Davlat Agrar Universitetining 4-bosqich talabasi, I.O. va Samarqand viloyati Narpay tumani Toshrabod mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining 3-bosqich talabasi U.Sh. bilan birgalikda, fuqaro Q.J.ning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat Universitetining iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan holda, Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasida joylashgan Teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi yonidagi avtoturargohda kimyoviy ishlov berilgan 60.000.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan I. O. va U.Sh. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 2-qismi “a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!
Har bir abituriyent bir vaqtning o‘zida mos taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 tagacha oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirishi, shu bilan birga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmagan taqdirda kontrakt yoki oshirilgan kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishi orqali talaba bo‘lish imkoniyatiga ega.
Shunday ekan, oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda, o‘qishga kirishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida harakat qilishingizni, firibgarlar tuzog‘idan ehtiyot bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.