To‘lov-kontrakt miqdorini belgilash tartibi o‘zgardi, narxlar ko‘tarildi


O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada 2018/19 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassalarida ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari keltirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga ko‘ra, endilikda oliy ta`lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi, EKIH oshgan sari to‘lov-kontrakt narxi ham oshadi. 

Shu yilning 15 iyulidan boshlab prezident farmoniga ko‘ra byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 7 foizga oshiriladi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi – oyiga 184 300 so‘mni tashkil qiladi.

1 sentabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari

BAKALAVR

1.
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
- Gumanitar fanlar;
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
- Sotsiologiya va psixologiya;
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
- Ijtimoiy ta`minot;
- Sport faoliyati;
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 45 baravariga teng – 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming).

2.
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
- Jurnalistika va axborot;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Arxitektura va qurilish;
- Xizmat ko‘rsatish sohasi;
- Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 46 baravariga teng – 8 mln 477 ming 800 so‘m (ilgari 7 mln 250 ming).

3.
- San`at;
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 50 baravariga teng – 9 mln 215 ming so‘m (ilgari 7 mln 900 ming).

4.
- Iqtisod;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
- Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 55 baravariga teng – 10 mln 136 ming so‘m (ilgari 8 mln 800 ming).

5.
- Jahon siyosati;
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining  60 baravariga teng– 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).

MAGISTRATURA

1.
-  Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
-  Gumanitar fanlar;
-  Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
-  Sotsiologiya va psixologiya;
-  Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
-  Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
-  Ijtimoiy ta`minot;
-  Sport faoliyati;
-  Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 49 baravariga teng – 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming)

2.
-  Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
-  Jurnalistika va axborot;
-  Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
-  Arxitektura va qurilish;
-  Xizmat ko‘rsatish sohasi;
-  Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 51 baravariga teng – 9 mln 399 ming 300 so‘m (ilgari 7 million 950 ming).

3.
-  San`at;
-  Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 55 baravariga teng - 10 mln 136 ming 500 so‘m (8 mln 730 ming).

4.
-  Iqtisod;
-  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
-  Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 61 baravariga teng – 11 mln 242 ming 300 so‘m (ilgari 9 mln 660 ming).
 
5.
-  Jahon siyosati;
-  Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
-  Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 66 baravariga teng – 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming.

MAXSUS SIRTQI

1.
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
- Gumanitar fanlar;
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
- Sotsiologiya va psixologiya;
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
- Ijtimoiy ta`minot;
- Sport faoliyati;
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 15 baravariga teng – 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming).

2.
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
- Jurnalistika va axborot;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Arxitektura va qurilish;
- Xizmat ko‘rsatish sohasi;
- Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 17 baravariga teng – 3 mln 133 ming 100 so‘m.

3.
- San`at;
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 20 baravariga teng – 3 mln 686 ming so‘m.

4.
- Iqtisod;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
- Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 22 baravariga teng – 4 mln 54 ming 600 so‘m.

5.
- Jahon siyosati;
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 27 baravariga teng– 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).

KUNDUZGI, SIRTQI (ikkinchi mutaxassislik)

1.
-  Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
-  Gumanitar fanlar;
-  Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
-  Sotsiologiya va psixologiya;
-  Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
-  Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
-  Ijtimoiy ta`minot;
-  Sport faoliyati;
-  Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 49 baravariga teng – 9 mln 30 ming 700 so‘m.

2.
-  Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
-  Jurnalistika va axborot;
-  Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
-  Arxitektura va qurilish;
-  Xizmat ko‘rsatish sohasi;
-  Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 51 baravariga teng – 9 mln 399 ming 300 so‘m.

3.
-  San`at;
-  Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 55 baravariga teng - 10 mln 136 ming 500 so‘m.

4.
-  Iqtisod;
-  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
-  Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 61 baravariga teng – 11 mln 242 ming 300 so‘m.
 
5.
-  Jahon siyosati;
-  Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
-  Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 66 baravariga teng – 12 mln 163 ming 800 so‘m.

SIRTQI (ikkinchi mutaxassislik)

1.
-  Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta`lim;
-  Gumanitar fanlar;
-  Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
-  Sotsiologiya va psixologiya;
-  Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
-  Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
-  Ijtimoiy ta`minot;
-  Sport faoliyati;
-  Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 25 baravariga teng – 4 mln 607 ming 500 so‘m.

2.
-  Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
-  Jurnalistika va axborot;
-  Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;
-  Arxitektura va qurilish;
-  Xizmat ko‘rsatish sohasi;
-  Transport yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 26 baravariga teng – 4 mln 791 ming 800 so‘m.

3.
-  San`at;
-  Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 28 baravariga teng - 5 mln 160 ming 400 so‘m.

4.
-  Iqtisod;
-  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment;
-  Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 31 baravariga teng – 5 mln 713 ming 300 so‘m.
 
5.
-  Jahon siyosati;
-  Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
-  Huquq yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 33 baravariga teng – 6 mln 81 ming 900 so‘m.

Manba: kun.uz