Talabalarning kontrakt narxi 1 fevraldan oshadi


Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 fevraldan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilangan.

1 fevraldan boshlab mamlakatimizda:

➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 747,3 ming so‘m miqdorida (hozir 679,3 ming so‘m);

➖ bazaviy hisoblash miqdori - 245 ming so‘m miqdorida (hozir 223 ming so‘m) belgilandi.

Prezident qaroridan kelib chiqib, OTM talabalarining to‘lov-kontraktlari ham 1 fevraldan 10% oshadi. Chunki kontraktlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan.

Misol uchun, kontrakt narxi hozirda bitta semestr uchun 4.000.000 so‘m bo‘lsa, kontrakt narxlari bahorgi semestrdan 4.000.000x1.1=4.400.000 so‘mga aylanadi. Shuni esdan saqlash kerakki, pandemiya davrida kontrakt narxlari kunduzgi ta‘lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun 10% arzonlashtirilgan edi. Misol uchun, kuzgi semestrda 4.000.000 so‘mlik kontrakt narxlari 10% ga arzonlashtirilib, talabalar 3.600.000 so‘m to‘lashgan edi va bu faqat kuzgi semestr uchun edi. Bahorgi semestrda ham ushbu tartib saqlanib qolish yoki qolmasligini Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hal qiladi.