Surxondaryoda til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.X. fuqaro N.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida ingliz tili fanidan TOEFL sertifikatini olib berish evaziga 1700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.