Ushbu odatlar bir qarashda oddiydek tuyuladi, ammo, ular haqiqatdan ham hayotda olg‘a intilishimizga halaqit berishadi.
1. Va’dada turmaslik
Ko’pchiligimiz boshqalarga bergan so’zimizni bajaramiz, ammo, boshqa tarafdan o’zimiz haqimizda unutamiz. Biz o’zimizga yugurishni boshlashga, to’g’ri ovqatlanishga, sog’ligimizga e’tiborli bo’lishga, chet tilini o‘rganishga va boshqa ko’plab narsalarga va’da beramiz. Bu vaqtda biz emotsional tarafdan oldimizga qo’yilgan maqsadga erishgan bo’lamiz va uni eng boshida qoldirib ketamiz. Biz sekin asta bunga ko’nikib boramiz va natijada o’z idrokimiz ustidan nazoratni yo’qotamiz.
Bu odatdan xalos bo’lish uchun o’zingizni har bir erishilgan maqsad va har bir bajarilgan va’da uchun taqdirlang, muddatida bajarilmagan va'da uchun moliyaviy jazolang (masalan, muxtojlarga hayriya qiling, yaqin do‘stingiz uchun foydali buyum harid qiling...)
2. Budilnik vaqtini o’zgartirish
Budilnikni o’chirib, o’zingizga yana 10 daqiqa uxlab olishga imkon berganingizda siz kuningizdagi eng birinchi jangda yengilgan bo’lasiz. Shunda siz o’zingizni sodir bo’lishi mumkin bo’lgan omadsizliklarga moslashtirib qo’yasiz.
Agar sezgan bo’lsangiz, tushgacha bo’lgan uyqu sizga energiya bermaydi, aksincha kuch-quvvatingizni kamaytiradi. Tong – bu kunning eng sermahsul vaqtidir. Uni foydali ishlar bilan o’tkazishga harakat qiling.
3. Uyqudan oldin smartfondan foydalanish
Bu odat sog’liqqa yomon ta’sir ko’rsatadi. Smartfon ekranidan taraladigan yorug’lik, uyqu garmoni bo’lmish – melatonin ishlab chiqarilishiga halaqit beradi. Bu uyqusizlikka, ko’rish qobiliyatining yomonlashishiga va semirishga olib keladi.
Smartfonni uyqudan 1-2 soat oldin uzoqroqqa olib qo’ying. Yaxshisi kitob mutolaa qilgan ma’qul: vaqtni bu tarzda o’tkazish ham sog’ligingiz ham rivojlanishingiz uchun foydalidir.
O’ylash – bu juda ham qiyin ish: shuning uchun ham bu bilan kamdan-kam odam shug’ullanadi – Genri Ford, tadbirkor hamda ixtirochi.
4. O’zingizni o’tmishdagi holatlar uchun ayblash
Hammamiz ayrim vaqtlarda o’tmishimiz haqida o’ylab afsuslanamiz. Ammo, o’z harakatlarimiz haqida fikr yuritishimiz va ularni tahlil qilishimiz kelajagimizga ta’sir qiladi.
“Men nimanidir bunday qilishim kerak edi…" deya siz reja bo’yicha ketmagan ishda o’zingizni ayblayotgan bo’lasiz. “Men … qila olar edim" deya siz o’zingizni qo’ldan boy berilgan imkoniyatlarda ayblayotgan bo’lasiz. “Men … qilishim kerak edi" deya siz o’zingizni vaziyatni to’g’irlashda qo’l kelishi mumkin bo’lgan bilim va tajribaning yetishmasligida ayblaysiz.
Bunday o’ylar yorqin rasmni chizadi, ammo, haqiqiy kelajakni tasvirlamaydi. Buning o’rniga siz ayni damdagi hayotingizda mavjud bo’lgan yaxshi narsalarga diqqatingizni jamlang. Hozirda hayotdan aynan nima uchun minnatdor ekanligingizni o’ylab ko’ring. “Agarda … bunday bo’lganida" deyishning o’rniga o’zingizga “Keyingi safar men albatta …" deng.
5. Barcha narsaga rozilik bildirish
Biz har doim nimanidir o’tkazib yuborishdan yoki qayergadir kech qolishdan qo’rqamiz. Shuning uchun biz odatda paydo bo’lgan har qanday imkoniyatga “ha" deya javob beramiz, hatto bu to’g’ri qaror ekanligiga ishonchimiz komil bo’lmasa ham.
Albatta, o’z joyingizdan qo’zg’alib sarguzashtlar sari yo’l olish – bu yaxshi xususiyat. Shunchaki ahamiyatli narsalarni ajratib olish zarur, va boshqalar uchun emas aynan siz ya’ni o’zingiz uchun nima muhim ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.
Agar undan mohirona foydalana olsang, hayot uzundir – Seneka, filosof.