U 5 ming dollar evaziga fuqaroni Toshkent davlat politexnika institutiga kiritishini aytib, undan pullarni olayotganda qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Mirzaobod hamda DXX Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqaro Sh.B. boshqa bir fuqaro X.ni Toshkent davlat politexnika institutidagi tanishlari orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda fuqaroni pul evaziga Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba qo‘lga tushgandi.