Ruxan kuchli shaxslar qilmaydigan 13 odatni o’rganing


Fe’l-atvoringizni mustahkamlash va qiyinchiliklarga bo’sh kelmaslik uchun ushbu hayotiy odatlar va harakatlardan qochishga harakat qiling.

1. O’zingizga achinishga vaqt ketkazmang

Siz hech qachon ruxan kuchli odamlarning vaziyat yaxshilik bilan tugamaganligi yoki kimdir ular bilan nohaq munosabatda bo’lganligini aytib, noliganini ko’rmaysiz. Ular qaror qabul qilish hamda uning natijasi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olishni bilishadi va hayot ko’pincha nohaqliklardan iborat bo’lishini to’g’ri tushunishadi.

Biron nimani xato bajarishganda ular tan olishgan va olingan saboqlar uchun minnatdorligi sabab qiyin vaziyatlardan tetik holatda chiqishadi. Ular bilan biron narsa o’xshamagan taqdirda, ular “Keyingi safar" deyishadi.

2. Boshqalarga sizni nazorat qilishlariga imkon bermang

Ruxan kuchli odamlar doim o’z harakatlarini va kechinmalarini nazorat qilishayotganini bilishadi va boshqalarga bu jarayonga aralashishga imkon berishmaydi – ularning kuchi va ustunliklari aynan shunda.

3. O’zgarishlardan qochmang

Ular o’zgarishlardan qo’rqishmaydi va taqdir chaqiruvlarini qa’tiylik bilan qabul qilishadi. Ular noma’lumlikdan qo’rqishmaydi. Ular har qanday o’zgarishlar har doim yanada yaxshiroq bo’lish va atrofingizdagi dunyoni o’zgartirish uchun yana bir imkoniyat ekanligini bilishadi.

4. O’z kuchingizni o’zgartira olmaydigan narsalarga sarflamang

Ruxan kuchli kishilar tirbandlik yoki yuklarini yo’qotib qo’yishganlaridan nolishmaydi. Ular boshqa odamlardan ham nolishmaydi, chunki boshqa kishilar ularning nazoratida emasligini tushunishadi.

Ruxan kuchli insonlar aniq bilishadiki, ular faqat o’z munosabatlari va jarayonlarga reaksiyasini nazorat qila olishadi.

5. Hamma uchun yaxshi bo’lishga harakat qilmang

Siz hammaga yoqishga urinadigan odamlarni taniysizmi? Yoki boshqalarni xursand qilish uchun o’z istaklaridan voz kechadigan kishilarni bilasizmi? Yodda tuting - bu odatlarning hech biri to’g’ri hisoblanmaydi.

Ruxan kuchli odamlar doimo mehribon va haqqoniy bo’lishga harakat qilishadi. Ular boshqalarni quvontiradigan biron gap aytishi mumkin, ammo, o’z nuqtai nazarini ochiqchasiga aytishdan hech qachon qo’rqishmaydi. Hattoki u o’z fikri bilan kimnidir ranjitib qo’yishini bilsa ham, u bu ishni qiladi.

6. Asosli xatarlardan qo’rqmang

Ruxan kuchli odamlar asosli xatarlarga yuzma-yuz borishdan qo’rqishmaydi. Bu oldindan vaziyatni o’rganmasdan to’g’ridan-to’g’ri boshingiz bilan o’zingizni girdobga tashlash bilan qarama-qarshidir.

Ruxan kuchli odamlar qaror qabul qilishdan oldin, xatar va foydalarni yaxshilab o’ylab ko’rishadi. Ular vaziyatga to’liq baho berishga va hatto yomon natijalarni ham oldindan tasavvur qilishga qodir.

7. O’tmishizga bog’lanib qolmang

O’tmishni orqaga tashlash, endi unda to’g’irlab bo’lmaydigan xatolar bo’lganligini tan olish hammaning ham qo’lidan kelmaydi. Ammo, ruxan kuchli odamlar buni qila olishadi. Ular o’tmishdan nolish yoki uni eslab yurishdan hech qanday foyda yo’qligini bilishadi. Buning o’rniga ular bor kuchlarini hozirgi va kelajakdagi hayotlarini yaxshiroq qilishga sarflashadi.

8. Bir xil xatolarni qayta va qayta qilavermang

Agar odam yaxshiroq natija olishga umidida bitta ishni qayta va qayta xatolik bilan qilaversa – bu tentaklik deganidir.

Ruxan kuchli odamlar oldingi harakatlari uchun javobgarlikni o’z bo’yinlariga olishadi va kelajakda qaytarmaslik uchun o’z xatolaridan saboq olishga tayyor bo’lishadi.

9. Boshqaning muvaffaqiyatiga xasad qilmang

Faqatgina kuchli odamlar boshqaning muvaffaqiyatidan xursand bo’lishi mumkin. Ruxan kuchli odamlar buni qila olishadi, ular boshqalarning g’alabasiga xasad qilishmaydi, aksincha yanada yaxshiroq bo’lish uchun o’z ustilarida astoydil ishlashadi.

10. Omadsizlikdan keyin taslim bo’lmang

Har bir omadsizlik – bu yaxshiroq bo’lish uchun imkoniyat. Ko’plab muvaffaqiyatli odamlar ularning muvaffaqiyatga bo’lgan ilk qadamlari oson bo’lmagani va bu qadamlari ko’plab umidsizliklarni olib kelganini tan olishadi. Ruxan kuchli odamlar ko’plab yengilishlarga duch kelishga tayyor turishadi, ammo, shu bilan birga ular har bir yengilish ularni g’alabaga olib boradigan bebaho tajriba va saboq berishini ham bilishadi.

11. Yolg’izlikdan qo’rqmang

Ruxan kuchli odamlar yolg’izlikdan roxatlanishni va bu qanchalik bebaho ekanligini bilishadi. Ular bu vaqtdan mulohaza qilish hamda rejalashtirish uchun foydalanishadi. Bu ular jamiyatdagi boshqa odamlardan qochishini yoki ular kerak emasligini anglatmaydi: ularning kayfiyati va baxtlari boshqa odamlarga bog’liq emas.

12. Dunyo sizga nimadir berishi kerak deb o’ylamang

Ruxan kuchli kishilar ularning yutuqlari sabab dunyo ularga nimadir berishi kerak emasligini bilishadi: katta oylik, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, qulay sharoit. Biron nimaga erishishni istasangiz, uni uchun o’zingiz harakat va mehnat qilishingiz kerakligini tushuning.

13. Tezroq natijaga erishishni kutmang

Nimaligi muhim emas – mashq, dieta, o’qish yoki biznesni boshlash – ruxan kuchli odamlar oldindan ular uzoq yo’lni bosib o’tishlari kerakligiga moslashishadi. Ular vaqt va kuchlaridan unumli foydalanib, har bir bosqichda natijalarni belgilab borishni unutishmaydi. Ular munosib natijalar va o’zgarishlar vaqti kelganda sodir bo’lishini tushunishadi.