Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 25 mln so‘m talab qilgan assistent ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan assistent ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti R.N. fuqaro N.ni ushbu universitetning Arxitektura fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.