O’zingizga ishonishning 9 usuli


Buni har qanday yoshda amalga oshirish sizga o‘ylaganchalik qiyin emas.

1.Volontyorlik qiling

Hatto eng muvaffaqiyatli jamiyatda ham juda ko’p odamlar yordamga muhtoj. Bular bolalar uyidagi kichkintoylar, ko’chadagi kambag’al kishilar, qariyalar va qon quyilishiga muhtoj bo’lgan kishilardir.

Kimningdir kunini ozroq bo’lsa ham yaxshiroq qilishga urinib ko’ring. Boshqalarning muammosini hal qilish o’zingizga ishonchingizni va o‘z imkoniyatlaringizga bo‘lgan bahoni oshiradi.

2. Yutuqlaringiz ro’yxatini tuzing

Hayotingizdagi qiyin vaziyatlardan g’olib bo’lib chiqqan yoki fahirlansa bo’ladigan yutuqlaringiz borligi aniq. O’sha vaziyatlarni eslang. Bu sizga o’z kuchingizga ishonishingizga yordam beradi.

3. Atrofingizni sizga ishonadigan odamlar bilan to’ldiring

Sizni doim yerga uradigan va hadeb xatolaringizni topaveradigan kishilar bilan iloji boricha kamroq muloqot qiling. Buning o’rniga sizni qo’llab-quvvatlaydigan va sizning yutuqlaringizdan xursand bo’ladigan insonlarni toping.

4. O’zingizni qabul qiling

O’zingizni kamchiliklaringiz va yaxshi taraflaringiz bilan yaxshi ko’ring. O’zidagi sifatlarni qabul qilmay turib, o’ziga ishonadigan odam bo’lishning imkoni yo’q.

5. Nuqtai nazaringizni o’zgartiring

Hayotingizdagi qiyinchiliklar va nohaqliklarga diqqatingizni jamlashni to’xtating. Atrofingizdagi qiziqarli va yaxshi narsalarga e’tibor qarating, qiyin vaziyatlarda ijobiy taraflarni izlang va taqdirdan minnatdor bo’ling.

6. Masalalarni bo‘laklarga bo‘lib hal qiling

Yangi boshlagan ishlaringizda doimo omadsizliklarga chidasangiz o’zingizga ishonishni boshlashingizning mutlaqo imkoni yo’q. Hayot sizga haqiqatda ham qiyin masalalarni yo’liqtirayotgan bo’lishi mumkin. Balkim siz o’z kuchingizni yetarlicha yaxshi baholamayotgandirsiz.

O’z oldingizga erishsa bo’ladigan maqsad qo’ying va unga kichik, ammo, aniq-aniq qadam tashlang. Bu sizga o’z imkoniyatlaringizni to’g’ri hisoblashni o’rgatadi.

7. O’zingizni o’rganing

Frensis Bekonning aytishicha, bilim – bu kuchdir. Va u haq bo’lgan. Agar siz muammoni hal etolmasangiz, uni hal qilishda yordam birishi mumkin bo’lgan narsalarni o’rganib olasiz. Agar siz o’zingizni his qilolmayotgan bo’lsangiz, siz birinchi navbatda o’zingizni o’rganishingiz zarur.

8. O’z maqsadlaringiz bilan yashang

Bir yil, besh yil va butun hayotingiz uchun vazifalaringizni belgilab chiqing. O’zingiz uchun rostgo’y bo’ling. Bu rostdan ham sizning harakatlaringizmi? Siz haqiqatdan ham buni xohlaysizmi yoki bu maqsad sizning oilangiz, rahbaringiz yoki atrofdagilarga bog’langanmi? Balkim siz tropik orollarga sayohat qilishning o’rniga ko’nglingizning tubida xonaga qamalib olib dastur yoki kitob yozmoqchidirsiz? Yoki aksincha, barchasini tashlab okeanda dam olishga otlanish vaqti kelgandir.

O’z hayotingizda yashasangizgina o’zingizga ishonishingiz mumkin. Boshqalarning istaklarini bajarish uchun vaqt ketkazish va bunda o’zingizni hurmat qilish mumkin emas.

9. O’zingizni boshqalar bilan solishtirishni to’xtating

Har kimning o’z yo’li, maqsadlari va yutuqlari mavjud. O’z vaqtingiz, hissiyotlaringiz va kuchingizni boshqalar bilan poyga o’ynashga sarflamang.