Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
— 2016/2017-o‘quv yili – 603 nafar
— 2017/2018-o‘quv yili – 1320 nafar
— 2018/2019-o‘quv yili – 2685 nafar
— 2019/2020-o‘quv yili – 3593 nafar
— 2020/2021-o‘quv yili – 4219 nafar
— 2021/2022-o‘quv yili – 5140 nafar
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-yanvar holatiga, O‘zbekistondan 53 ming nafar talabalar xorijda tahsil olmoqda.