O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni ma’lum qilindi


2022/23-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, yillar kesimida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • 2017/2018-o‘quv yili – 1,3 ming nafar;
  • 2018/2019-o‘quv yili – 2,7 ming nafar;
  • 2019/2020-o‘quv yili – 3,6 ming nafar;
  • 2020/2021-o‘quv yili – 4,2 ming nafar;
  • 2021/2022-o‘quv yili – 5,1 ming nafar;
  • 2022/2023-o‘quv yili – 5,0 ming nafar.

2021 yilning 1 yanvar holatiga, YuNeSKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.