O‘quvchilar maktabda ko‘proq qaysi xorijiy tillarni o‘rganayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshiga o‘quvchilarni o‘qitiladigan tillar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- rus tili – 643 ming nafar o‘quvchi;
- qoraqalpoq tili – 126 ming nafar o‘quvchi;
- tojik tili – 65 ming nafar o‘quvchi;
- qozoq tili – 54 ming nafar o‘quvchi;
- turkman tili – 11 ming nafar o‘quvchi;
- qirg‘iz tili – 8,2 ming nafar o‘quvchi;
- ingliz tili – 1,5 ming nafar o‘quvchi.
Bundan oldin O‘zbekistonda 2 nafar bolali oilalar soni eng ko‘p ulushni tashkil etishi ma’lum bo‘lgandi.