My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari soni 577,7 ming nafarga yetdi


2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Bu avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hisob-kitoblarga o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadigan pedagoglar kiritilmagan. O‘qituvchilar soni bir yil ichida 2,3 foizga oshgan.

O‘qituvchilarning aksariyati ayollar

Maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagoglarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari esa erkaklardir.

Shunga ko‘ra, jami o‘qituvchilarning 72,5 foizini ayollar, 27,5 foizini erkaklar tashkil etadi.

Bir yil davomida ayol o‘qituvchilar soni 17,5 ming nafarga yoki 4,4 foizga ko‘paygan. Erkak pedagoglar soni esa 4,7 ming nafarga yoki 2,9 foizga kamaygan.

Eng ko‘p o‘qituvchi qaysi hududda?

O‘qituvchilar soni bo‘yicha Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda — har ikki hududda 65,1 ming nafardan pedagog faoliyat yuritadi.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona — 60,6 ming va Surxondaryo — 52,3 ming nafar o‘qituvchi bilan qayd etilgan. Eng kam o‘qituvchi esa Sirdaryo viloyatida — 14,2 ming nafar.

Hududlar kesimida o‘qituvchilar soni:

  • Samarqand viloyati — 65,1 ming nafar;

  • Qashqadaryo viloyati — 65,1 ming nafar;

  • Farg‘ona viloyati — 60,6 ming nafar;

  • Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar;

  • Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;

  • Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming nafar;

  • Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;

  • Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;

  • Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;

  • Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;

  • Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;

  • Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;

  • Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.

Statistik ma’lumotlar 2025/2026-o‘quv yili boshidagi holatni aks ettiradi.