O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi" bakalavr taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.