Milliarderlar har kuni bajaradigan 6 ta ish


1. Faoliyatiga oid bo‘lmagan kitoblarni o‘qish

Kitob mutolaasi bir necha afzalliklarga ega. U olamga o‘zgacha nigoh bilan qarash imkonini beradi. Kitoblar o‘zingizni o‘zga kishi o‘rniga qo‘yib ko‘rish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi, bu esa haqiqiy yetakchilar uchun juda muhim. Faoliyatingiz doirasiga kirmaydigan yangi bilimlarni egallash ham juda foydali.

Tadbirkor va muhandis Ilon Mask mutolaa ro‘yxatiga fantastik va biografik asarlarni albatta kiritadi. Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida u shunday degandi: «Meni avvalo kitoblar, keyin ota-onam tarbiyalashgan».

2. Qulaylik zonasi chegarasidan chiqish

Bajarish imkonsizdek ko‘ringan ishga kirishish uchun o‘zingizda jasurlik topa biling. Bu rivojlanayotganingizning belgisi. Aks holda ko‘p narsaga erishmaysiz.

Agar ommaviy chiqishlarni yoqtirmasangiz, keyingi uchrashuvda birinchi bo‘lib so‘zga chiqing. Qattiq asabiylashsangiz ham, terlaganingizdan ko‘ylagingiz xo‘l bo‘lsa ham buni amalga oshiring. Ancha yengil tortasiz.

Qo‘rquv va o‘sish birga mavjud bo‘lmaydi. Ularning biridan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg putunxua – xitoy tilining mandarin lahjasini o‘rganishga ko‘p yillik vaqtini sarflagan. U yengilmadi, hozirda bu tilda yaxshi muloqot qiladi.

3. Sport bilan shug‘ullanish

«Badavlat kishilarning odatlari» kitobining muallifi Tom Korli besh yil davomida muvaffaqiyatli odamlarning jadvali va odatlarini tadqiq etdi. Ularning umumiy jihatlarini topishga muvaffaq bo‘ldi – jismoniy mashqlar. Masalan, Opra Uinfri, Sheril Sendberg va Richard Brenson sportni kundalik jadvallariga kiritishgan.

Korlining fikriga ko‘ra, yugurish, yurish va boshqa aerobik mashqlar bilan shug‘ullanishni odatga aylantirganlar bir necha afzalliklarga ega: ularning IQ ko‘rsatkichi, irodasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori va jismoniy quvvati ham 20 foizga ko‘proq.

Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har kuni bajariladigan oz miqdordagi mashqlar ham umringizni uzaytirishi mumkin.

4. O‘zgalarga yordam qo‘lini uzatish

Yolg‘iz holda muvaffaqiyatga erishish fikri bu bor-yo‘g‘i bir afsona xolos. Muvaffaqiyatli kishilar yordam muhimligini yaxshi tushunadilar. Ayniqsa, bunga ehtiyoj sezganlar uchun.

2010 yilda Microsoft asoschisi va uning rafiqasi Melinda hamda yirik investor Uorren Baffet «In'om qasami» nomli kampaniyani boshladilar. Unda ishtirok etgan badavlat kishilar va oilalar o‘z boyligining yarmidan kam bo‘lmagan miqdorini xayriya uchun berish majburiyatini olishadi. Masalan, ular qashshoqlik va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ishtirok etadilar.

Agar kimgadir ko‘rsatilgan xizmatiga haq to‘lash uchun o‘ta band bo‘lsangiz, demak, muvaffaqiyatga erishishga vaqtingiz yo‘q.

Katta mablag‘ sarflashingiz shart emas. Biror oddiy narsani bajarish mumkin: ishga ko‘milgan hamkasblarga yordam berish yoki keksa kishiga uning mahsulotlar to‘ldirilgan xaltalarini ko‘tarishda yordam berish.

5. Doimiy kurash

Basketbolchi Maykl Jordan bir kuni shunday degan edi: «Men mashg‘ulot vaqtidami yoki o‘yindami faqat yutish uchun o‘ynayman. Hech narsa menga va mening g‘oliblik istagimga xalaqit qilishiga ruxsat bermayman». U uzoq yo‘l bosib o‘tdi: qachondir uni maktab basketbol jamoasidan chiqarib yuborishgan, biroq bu unga professional basketbolchi va tarixdagi eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchi bo‘lishiga to‘sqinlik qilolmadi.

Ginalarni kechirish va qo‘yib yuborishni o‘rganing: ular sizni to‘xtatadi. Raqobatchi va tanqidchilarning e'tirofiga ega bo‘lish ishtiyoqi kuchli rag‘batga aylanishi mumkin. U sizni muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘lingizdan kelganini qilishga majbur qiladi.

6. Tez-tez sayohat qilish

Amerika psixologiya assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ochiq havodagi sayrlar ijodkorlikni oshirishi va muammolarni yechish ko‘nikmasini yaxshilashini ko‘rsatadi.

Agar faoliyatingizda yangi g‘oyalar izlab topish muhim bo‘lsa, ofisdan chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish foydali. Buni tezroq amalga oshiring.

Korporatsiya rahbarlari piyoda yurish orqali ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazishni yoqtirishadi.Mark Tsukerberg, Virgin Group asoschisi Richard Brenson, LinkedIn direktori Jyeff Veyner va Google ijrochi direktori xuddi shunday qilishadi.

«Bu ishga darhol kirishish, qaror qabul qilish va bitim tuzishning tezkor usuli deb hisoblayman», - deb yozadi Brenson o‘z blogida. «Bundan tashqari, u oyoq-qo‘l chigalini yozish va kunning qolgan qismida kuchga to‘la hamda e'tiborli bo‘lishda yordam beradi».

Shunday ekan, smartfon yonida o‘tirishni bas qiling – ko‘chaga chiqing, sayr qiling va biroz fikrlang.

Manba: kun.uz