Mandat natijalari deyarli aniq bo`lgan yo`nalishlar (Andijon viloyati, 11-avgust holatiga ko`ra)


Yurtimizda oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari bo`lib o`tmoqda, va bu jarayon o`zining so`ngi bosqichiga kirib bormoqda!

Ba'zi o`uv yurtlari uchun o`tkazilgan test sinovlarini mandat.dtm.uz sayti orqali tahlil qilib ko`ramiz.

Misol uchun, Andijon Davlat Universitetining "5111700 – BOSHLANG`ICH TA'LIM VA SPORT-TARBIYAVIY ISH" yo`nalishi bo`yicha rus tilidagi ta'lim tilidagi kirish sinovlarining natijalarini tekshiramiz:


Agarda yuqoridagi natijalarga e'tibor beradigan bo`lsak, ushbu yo`nalishga hujjat topshirganlar soni 770 tani tashkil etadi. Natijasi tekshirilganlar esa 762 tani tashkil etmoqda. Qabul kvotasi 25 tani tashkil etadi! 

Natijalarni ko`rish uchun ushbu yo`nalishni tanlaymiz, va ro`yxatning oxiriga e'tiborni qaratamiz:


Test natijalari qiymatlanmagan abituriyentlarning test topshirish sanasiga e'tibor qaratsak, ushbu abituriyentlar asosan 3-4 avgust kunlari test imtihonlarini topshirishi zarur bo`lgan. Lekin, natijalar aks etmagan! Demak, ushbu abituriyentlar yoki test sinovlariga kelishmagan, yoki test sinovlaridan chetlashtirilgan! Ushbu abituriyentlarning natijalari o`z-o`zidan ro`yxatning tepasida turganlarga ta'sir etmasligi aniq. Endi ro`yxatning tepasiga e'tibor qaratamiz:


Ro‘yxatning tepasidagi 25 abituriyentni talabalik bilan tabriklasak ham bo`laveradi. Bu abituriyentlar aniq talabalikga qabul qilinganlar! 25 talikdan pastda turganlar ham talabalikga nomzod bo`lishi mumkinmi? Albatta mumkin! Misol uchun, 25 talik ro`yxatdagi abituriyentlar orasidagi SOBIROVA ODINAXON KARIMJON QIZI hujjat topshirishda o`quv yurtlarini quyidagi tartibda belgiladi deylik:

Farg`ona davlat universiteti

Namangan Davlat universiteti;

Andijon Davlat Universiteti


Agarda ushbu abituriyent Farg`onadagi universitetning yo`nalishlarida ham yetarlicha ball to`play olgan bo`lsa, demak ushbu abituriyent Farg`ona davlat universitetiga o`qishga qabul qilinadi. O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, Andijon davlat universitetining ushbu yo`nalishida uning natijalari hisobga olinmaydi va 25 talikdan pastda turgan abituriyentlar o`rinlari bo‘yicha talabalikga tavsiya qilinadilar.