Kontraktga tushdingizmi? 15 sentyabrgacha to‘lovni amalga oshirish lozim ekani haqida ushbu postda yozilgan edi. Faqat bunda butun yillik kontraktni emas, balki 1/4 qismini ham to‘lasangiz bo‘ladi.
Tartibga ko‘ra, talaba quyidagicha to‘lovni amalga oshirish huquqiga ega:
- to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki oliy ta‘lim muassasasining rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
- to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki oliy ta‘lim muassasasining rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha).
Agar kontraktgayam ilashmagan bo‘lsangiz, superkontraktniyam bo‘lib to‘lash huquqingiz bor. O‘tgan yilgi tartib shunday bo‘lgandi:
- o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi yilning 2020 yil 1 dekabridan;
- ikkinchi yarmi uchun yilning 20201 yil 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi lozim bo‘lgan.
Bu muddatlar bu yil qanday bo‘ladi, hozircha noma‘lum. Katta ehtimollik bilan muddatlar o‘zgarmay qolsa kerak.