Amaldagi tartib bo‘yicha siz o‘qishga kirgan bo‘sangiz, sizga natijalar eʼlon qilinganidan so‘ng kontrakt blankalari oliy ta‘lim muassasalarininng qabul komissiyasi tomonidan beriladi. Blanklar yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Kontrakt 15 sentyabrgacha to‘lanishi shart. Shundan so‘ng, oliy ta‘lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. O‘zi natijalar endi eʼlon qilindi. Kim kontraktga kirgan, kim byudjet, kim umuman yiqilgan kabi holatlar endi maʼlum bo‘ldi. Avvallari kontraktga kirgan ota-onalar ixtiyorida ko‘proq muddat bo‘lardi. Hozir esa ularda juda kam vaqt qoldi. Shu sababli ham bu muddat cho‘zilishi lozim. Bo‘lmasa qisqa muddat ko‘pchilikni qiynab qo‘yishi mumkin.
Tartibga binoan kontraktga kirgan talabaga 2 sentyabrdan o‘qishga kirishga ruxsat beriladi. Bu yilgi bayram sababli 6 sentabrdan boshlanmoqda. Ushbu holatda kontrakt to‘lagan to‘lamaganizga eʼtibor qaratilmaydi. Shuning uchun ko‘ch-ko‘roningizni ko‘tarib o‘qishga kelavering. Kontrakt puli ham bir gap bo‘lar!