Kollej va texnikumlarda 2022-2023-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt miqdorlari 2021-2022-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Bu holat istisno tariqasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga qulay sharoitlar yaratish, yoshlarni kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.
Shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.