Talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olishda kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirayotganda “Shartnoma turini tanlash” bo‘limi chiqadi. Bu yerda siz ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnoma turidan birini tanlashingiz kerak bo‘ladi.
Ikki tomonlama shartnoma
-
Kimlar o‘rtasida? OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi.
-
Qachon tanlanadi?
-
Agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi to‘lasa.
-
Bankdan ta’lim krediti olishda.
-
Ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lashda.
-
-
Muhim: Bu hollarda ikki tomonlama shartnoma kifoya qiladi, uch tomonlama shartnomani tanlashning hojati yo‘q.
Uch tomonlama shartnoma
-
Kimlar o‘rtasida? OTM, abituriyent va biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi.
-
Qachon tanlanadi?
-
Agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki homiy tashkilot to‘lasa.
-
Ba’zan shart sifatida homiy tashkilot keyinchalik talabaning o‘sha joyda ishlashini ham talab qilishi mumkin.
-
-
Muhim: Uch tomonlama shartnoma tanlanganda homiy korxonaning STIR raqamini ham kiritish kerak bo‘ladi.