Toshkentdagi OTMlarda 354 ming talabalar tahsil olmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida 1040,4 ming nafar talabalar tahsil olmoqda.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni:
- Toshkent shahri – 354 ming;
- Samarqand viloyati – 84,7 ming;
- Farg‘ona viloyati – 77,7 ming;
- Toshkent viloyati – 60,3 ming;
- Andijon viloyati – 58,3 ming;
- Qoraqalpog‘iston R. – 57,5 ming;
- Qashqadaryo viloyati – 57,4 ming;
- Buxoro viloyati – 54,2 ming;
- Namangan viloyati – 52,3 ming;
- Surxondaryo viloyati – 50,6 ming;
- Xorazm viloyati – 44,6 ming;
- Jizzax viloyati – 37 ming;
- Navoiy viloyati – 30,3 ming;
- Sirdaryo viloyati – 21,5 ming.