Hayotingizni behuda o’tkazayotganingizning 12 belgisi


Siz yosh bola bo’lganingizda kosmonavt, qo’shiqchi yoki muhandis bo’lishni istaganmisiz? Agarda ha bo’lsa, siz buni qanday amalga oshirdingiz? Umid qilamizki, sizda hammasi joyida. Boshqalarni esa hayotlarini bekorga sarflayotganining va eng yomoni buni tan olishni istamayotganlarining 12 ta belgisi bilan tanishtirmoqchimiz.

1. Qilish kerak bo’lmagan ishlarga juda ko’p vaqt sarflash

Video o’yinlar, realiti-shou, internetda vaqt o‘tkazish, juda ham ko’p ovqat va ichimlik - ro’yxatni to’xtovsiz davom ettirish mumkin.

O’z hayotingizga jiddiy qarab ko’ring. Vaqtingizning katta qismini qayerda o’tkazasiz? Bu sizga biron tarafdan foyda keltiradimi? Bu sizni yaxshi hayot sari yetaklaydimi? Bu sizning yorqin kelajagingiz poydevorimi?

Agarda yo’q bo’lsa, siz shug’ullanadigan ishlaringizni qayta baholab yoki tahlil qilib chiqishingiz zarur. Va ularga qandaydir o’zgartirishlar kiritish kerak.

2. Juda ham ko’p nolish

Ayrim odamlar hayotga cho’kib ketishadi, oddiyroq aytganda hayotdagi tashvishlarga va shunga o’xshash boshqa narsalarga. Siz ham shunday odamlar toifasidanmisiz? O’z oilangiz, ish yoki o‘qishingiz, rahbaringiz, oylik maoshingiz, qo’shningiz yoki turmush o’rtog’ingizdan nolisizmi? Agarda siz rostdan ham shunday qiladigan bo’lsangiz, bu degani siz salbiy energiyani to‘plashdan boshqa hech narsa qilmayapsiz. Negativ fikrlash holatlarni o’zgartirmaydi.

Negativ qarash sizni boshi berk ko’chada ushlab turadi.

O’z hayollaringizni o’zgartiring va hayotda sizga yoqmaydigan narsalar haqida emas, balki siz qadrlaydigan narsalar haqida gapiring.

3. Miyani oziqlantirmaslik

Agar siz shaxs sifatida biron nima o’rganib, o’sishni davom ettirmayotgan bo’lsangiz bu degani siz bitta joyda qotib qolgansiz. Miyani faollikda ushlab, biron yangi narsalarni o’rganmayotgan bo’lsangiz, hayolingizda har xil keraksiz o’y fikrlar o’sishni boshlaydi.

Hayotingizdagi ijobiy holatlar sizning dunyo qarashingizni kengaytiradi, shunda siz muvaffaqiyatsizliklarga duch kelmaysiz.

4. O’z-o’zingiz bilan juda ko’p salbiy suhbat qilish

O’zingiz bilan suhbatlashish hayotingizni yo’lga qo’yishi yoki uni sindirishi mumkin.

Agar siz o’zingizga mukofot olish uchun yoki o’z biznesingizni boshlash uchun aqlingiz yetarli emasligini aytayotgan bo’lsangiz, siz haqsiz. Agarda siz o’zingizga hayotingizni o’zgartirish uchun kuchingiz yo’qligini aytsangiz, siz yana haqsiz. Siz o’zingizga nima deb gapirmang, bu sizning haqiqiy hayotingizga aylanadi. Shuning uchun o’zingizga nimalar deyotganingizga e’tiborli bo’ling! Diqqat bilan kuzatib ishonch hosil qilishingiz mumkin: sizning hayotingiz o’y-fikrlaringizga mos keladi.

5. Ilhomlanish hissining yo’qligi

Sizda nimagadir ishtiyoq mavjudmi? Ko’plab odamlar ularda hech qanday ishtiyoq yo’q deb o’ylashadi. Ammo, bunday bo’lishi mumkin emas.

Har qanday holatda ham sevib shug’ullanadigan biron mashg’ulotingiz bo’lishi kerak. Shuning uchun siz o’zingiz uchun nimanidir qaytadan kashf qilishingiz lozim. Nimalarga qiziqishingiz aniqrog’i ilhomingiz borligini aniqlashga harakat qiling.

6. Kelajakni rejalashtirmaslik

Hozir va ayni lahzada yashash ajoyib bo’lgani bilan, ba’zan nimalarga erishmoqchi bo’layotganingizni ko’rish uchun oldinga qarash lozim.

Agar sizda maqsad yoki reja bo’lmasa, siz yaxshi joyda paydo bo’lib qolishni umid qilayotgan okeanda maqsadsiz suzib yurgan qayiqqa o’xshaysiz.

Ammo sizda bunday bo’lmaydi.

Paydo bo’lib qolishni istayotgan joyingizga yetib borish uchun siz rejaga asosan qadamma-qadam harakatlanishingiz kerak. Navigator belgilangan joyga olib borganiday, sizga to’g’ri yo’ldan harakatlanishingiz uchun ichki GPS zarur.

7. Sizga to’g’ri kelmaydigan kishilar bilan haddan tashqari ko’p vaqt o’tkazish

Sizni o’zingizni yaxshiroq his qilishga undamaydigan odamlar bilan gap sotish juda oson. Agar siz shu balchiqda gap sotib o’tiraversangiz avvalgi holingizda qolasiz va eng yomoni shunday odamlar bilan birgalikda pastlikga ya’ni omadsizlik sari tushib ketaverasiz.

Bunday odamlarni energetik vampir deyish mumkin. Ular sizdan hayotni so’rib olishadiyu, evaziga hech qanday yaxshi narsa berishmaydi. O’zingizga mos odamlarni toping va ular bilan aloqada bo’ling.

8. Telefonga qaramlik

Albatta, smartfonlar – juda zo’r qurilmadir. Smartfondan foydalangan holda vaqt o’tkazish qanchalik yoqimli bo’lmasin, unga qancha vaqt sarflayotganingizni o’ylab ko’ring. Bundan jabrlanishi mumkin bo’lgan munosabatlar haqida ham o’ylab ko’ring. Balkim, siz oila azolaringiz, do‘stlaringiz yoki farzandlaringiz bilan ovqatlanayotganingizda internetda biron nima izlayotgan yoki messengerlarda do’stlaringiz bilan suhbatlashayotgan bo’lgandirsiz.

Agarda shunday bo’lsa, siz yaqinlaringiz bilan birga bo’lishga yoki o’z kelajagingizni rejalashtirishga sarflashingiz mumkin bo’lgan vaqtingizni sezilarli darajada yo’qotyabsiz.

9. Ahamiyatga ega bo’lmagan narsalarga pul sarflash

“Xohlayman" va “Kerak" degan so’zlarning bir-biridan katta farqi bor. Biz barchamiz buni bolalar bog’chasidanoq bilamiz. Ammo, zamonaviy jamiyatda biz bu so’zlarning chegarasini buzib tashladik.

Kreditini to’lay olmayotgan, ammo, butun dunyodagi eng mashhur gadjetlarni ishlatayotgan odamlarni muntazam ravishda uchratish mumkin.

Agar o’ylab qarasangiz, bizga haqiqatda ham kerak bo’lgan buyumlar juda kam. Ovqat, yashash joyi va mehr-muhabbat – bor-yog’i shular xolos. Boshqa barcha narsalar – shunchaki xoyi-havas. Shuning uchun nimalarga pul sarflayotganingizga qarab ko’ring va ularga qandaydir o’zgartirish kirita olasizmi. Balkim siz o’z kelajagingizga investitsiya kiritish uchun mablag’ingizni tejay olarsiz.

10. Yetarli darajada uxlamaslik

Yaxshi sog’liq uchun uyqu qanchalik muhim ekanligini tushunish uchun shifokor bo’lish shart emas. To’yib uxlab olishga vaqtingiz yo’qmi? Yarim kechasigacha ishlash yoki bekorchilik qiladigan odatingiz bormi? Unda siz odatlaringizni o’zgartirishingiz zarur.

11. O’z tanangiz haqida qayg’urmaslik

Salomatlikda faqatgina uyqu ahamiyatli deb o’ylamang, oziq-ovqat hamda jismoniy mashqlar ham juda muhim hisoblanadi. Tartibli oziqlanish, sog’lom diyeta va to’g’ri jismoniy mashqlar sog’liqqa yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bu shuningdek, umumiy va psixologik tarafdan o’zingizni his qilishga ham ta’sir qiladi.

Shuning uchun o’z ratsioningizga va faollik darajangizga e’tiborli bo’ling. Balkim siz hayotingizni o’zgartirish uchun kichik bir o’zgarishlar qilishingiz zarurligini sezarsiz.

12. Hayotni sizga qiziqarli bo’lmagan tarzda o’tkazish

Muvaffaqiyat baxt bilan o’lchanadi. Siz baxtlimisiz? Agarda yo’q bo’lsa, biron nimani o’zgartirishingiz shart! Kuningiz qiziqarli bo’lishi kerak, uni zavqlanib o’tkazing!

Agar siz hayotdan zavqlanmayotgan bo’lsangiz, yaxshiroq narsa olish uchun qilishingiz mumkin bo’lgan ayrim o’zgarishlarga qarab ko’ring.

Agar shu 12 odatning qaysi biridir sizga tegishli bo’lsa, ruhingizni tushirmang. Siz barcha narsani o’zgartirishingiz mumkim. Birinchi navbatda qilishingiz kerak bo’lgan o’zgarish – bu buni qila olmayman degan hayoldan qutilishdir. Sizning har safargi to’sig’ingiz – bu fikrlashingizdir. Shuning uchun harakatni aynan shundan boshlash zarur. Fikrlashingizni o’zgartiring – bu sizning hayotingizni o’zgartiradi!