Agar siz anchadan beri qarzlaringizdan qutilib, pul yig’ishni boshlashga urinayotgan bo’lsangiz-u, bundan biron natija chiqmayotgan bo’lsa, bu degani sarflashga bo’lgan munosabatingizni ko’rib chiqish vaqti keldi. Barcha muvaffaqiyatli kishilar – biznesmenlar, investorlar va milliarderlarni – sarflashga bo’lgan oddiy munosabat birlashtirib turadi.
Boy odamlar pulni bekorchi narsalarga sarflashni yaxshi ko’radi deganlar adashadi. AdMe.ru nashri butun dunyo bo’ylab turli nashriyotlar milliarderlar haqida nima yozishlarini tahlil qilib chiqib, moliyaviy sharoiti to’g’ri keladigan kishilar va muvaffaqiyatli odamlar pul sarflamaslikni ma’qul ko’radigan bir qancha xarid turlarini aniqladi.
Beixtiyor qilinadigan xaridlar
Yoqimli ammo kerak bo’lmagan buyumni chegirma bilan xarid qilib, uyga kelganda esa afsuslanish: kim bilan bunday holat bo’lmagan? Biz hammamiz gohida pullarimizni impulsiv xaridlarga sarflaymiz va aynan shu tarafimiz bizni milliarderlardan ajratib qo’yadi. Ammo, investor va milliarder Uorren Baffet aytganidek: “Agar biz bizga kerakli bo’lmagan buyumlarni xarid qilsak, tez orada bizga kerakli bo’lgan buyumlarni sotishimizga to’g’ri keladi". Keraksiz narsalarga pul sarflashdan tiyilishning samarali usuli – bu bozor yoki do’konga chiqishimizdan oldin xaridlar ro’yxatini tuzib olishdir.
Qimmat turar-joy
Elita uy-joyni oshirilgan narxga sotib olish – bu shubhali investitsiya hisoblanadi. Boy odamlar esa aksincha, arzon narxga perspektiv uy-joy harid qilishni ma’qul ko’rishadi. Ular narx oshganda foyda olishni ko’zlashadi.
Uzoq muddatli kafolat
Yangi texnika sotib olishda taklif etiladigan uzoq muddatli kafolatga asosan o’rta daromadli kishilar rozi bo’lishadi: aynan ular buyum buzilib qolishidan ko’proq qo’rqib, natijada ortiqcha pul to’lashadi. Lekin U. S. News Money ma’lumotlariga ko’ra, ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan kafolat keragidan ortiq bo’lar ekan.
Qimmat brendlarning kiyimi va oyoq kiyimlari
Milliarderlar eng qimmat dizaynerlarning yangi kolleksiyalaridan kiyim sotib olishga imkonlari mavjud, ammo, agar ularning hayoti muntazam ravishda omma oldiga chiqish bilan bog’liq bo’lmasa, ular bunday kiyimlarni xarid qilmaslikni afzal ko’rishadi. Stiv Jobs qanday kiyinganini eslang. Bill Geytsning soati 10 AQSh dollari turadi, Roman Abramovich esa omma oldiga 10 dollarlik futbolkada chiqishni uyat deb hisoblamaydi, Britaniya taxti merosxo’rining ayoli esa omma oldiga asosan ommaviy bozordan xarid qilinadigan kiyimda chiqadi.
Qurilmalarning so’nggi versiyalari
Yaxshi daromadga ega odam oxirgi rusumdagi telefon yoki soat ketidan quvmaydi, hattoki qurilmasi urfdan chiqqan, ko’rinishini yo’qotgan yoki eskirib ketgan bo’lsa ham. Millionerlar xarid qilish qarorining boshqa mexanizmini qo’llashadi: ular mazkur xarid ayni vaqtda qanchalik maqsadga muvofiq bo’lishini hisoblab chiqishadi. Qisqa muddatda arzonlashadigan elektronika sarflangan mablag’ni oqlamaydi.
Qoldirilgan to’lovlar uchun kredit, komissiya va jarima
Boy odamlar kredit olishmasligi va jarima, peniya va komissiyaga pul sarflamasliklarining yagona sababi: ular doim kechiktirmasdan, o’z vaqtida to’lashadi.
Dollarli milliarder, investor Mark Kyubanning aytishicha: “Agar siz kredit kartasini ishlatsangiz, bu siz boy bo’lishni istamayotganingizni anglatadi".
Bolalar uchun juda ham ko’p zamonaviy o’yinchoqlar
O’rta daromadga ega kishilar muntazam ravishda o’z bolalarining xonalarini zamonaviy o’yinchoqlarga to’ldirib tashlashadi. Millionerlarning bolalari bunaqa o’yinchoqlar bilan cho’kib ketishgan bo’lar edi. Qurbi yetadigan odamlar mablag’ni asosli sarflashni ma’qul ko’rishadi va reklamada ko’rsatilgani uchungina yangi qo’g’irchoq sotib olishmaydi.
Nosog’lom ovqat
Millioner menyusining oddiy odam tanavvul qiladigan taomdan eng katta farqi – bu mahsulotlarning narxi emas. Boy odamlar deyarli har doim sog’lom ovqat tanavvul qilishadi. Ular xuddi oddiy odamlar yeydigan yorma va sabzavotlarni iste’mol qilishlari mumkin, ammo shaurma, gamburger, qovurilgan kortoshka (fri) va salatlar, supermarketning tayyor taomlar bo’limidagi mayonez bilan to’ldirilgan narsalarni tanavvul qilishlari ehtimoldan juda uzoq.
Ko’rinish uchun chiqimlar
Bu yerga boy va muvaffaqiyatli odam ko’rinishini yaratishga sarflanadigan mablag’ni kiritish mumkin. Oddiy qilib aytganda, ko’zni aldash uchun. Boy odamdek ko’rinishni istagan kishilar dabdabali banketlar, biznes-klassdagi aviaqatnovlar, yangi avtomobillarga juda ham katta miqdorda pul sarflashadi. Bu vaqtda esa haqiqatda boy bo’lgan kishilar ixcham hayot kechirishadi. Masalan, IKEA asoschisi Ingvar Kamprad ekonomklassda uchib, eski “Volvo" rusumli avtomobilda yurgan, Angliya qirolichasi Elizaveta ll esa Bukingem saroyida elektr energiyasini tejaydi.
Bolalar uchun qo’shimcha ta’lim
O’rta daromadli kishilar o’z bolasiga muntazam ravishda turli o’qituvchilarni yollashadi. Ular buni kelajakda boy va baxtli hayotga yo’l ochadigan bola iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida qilishadi. Boshqalar esa repetitor yordamida bola mavzuni yaxshi o’zlashtiradi deb hisoblashadi. Boy odamlar esa shaxsiy tajribalariga tayangan holda, qo’shimcha darslar kelajakda moliyaviy muvaffaqiyat garovi emasligini hamda bu bolalarga bolalik gashtini surishga imkon bermasligini bilishadi.
Ekstrasens, folbin va bashoratgo’ylar
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan odamlar folbinlar mijoziga aylanishar ekan. Ammo bu ish boylik va muvaffaqiyatning kaliti emas. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli odamlar o’z kuchlariga ishonishadi, ularga atrofdagilarning yordami kerak emas.
Shaxsiy o’sish uchun treninglar
Shaxsiy hayoti yoki karyerasi o’xshamayotgan boy bo’lmagan odamlar – shaxsiy rivojlanish va biznes kouchlarning bosh nishonidir. Bunday treninglarning foydasiz ekanligi haqida o’z chiqishida 1 mln AQSh dollari olgan Toni Robinsonning Moskvaga tashrifidan keyin gaplar ko’paygan, treningga kirish chiptasining eng arzoni esa 30 ming rubl bo’lgan. Ammo haliyam o’z ko’nikmalarini oshirishni istovchilar topiladi. Bunga sarflash arzirli yoki arzimas ekanligini mashhur milliarderlarning biografiyasini o’rganib tushunish mumkin: bunday treninglar natijasida boyib ketgan biron bir kishini topishimiz dargumon.
Interyer dizaynida zamonaviylikka moyillik
Yangi pardozlash jihozlari va mebelning yangi turlari har oyda paydo bo’lishi ehtimoldan uzoq. O’rta daromadli kishilar so’ngi tendensiyalarga berilib, hozirda urfda bo’lgan narsalarga pul sarflashadi. Bir necha yildan kyin ularning interyeri muhimligini yo’qotadi: gulli gulqog’ozni hech kim sotib olmaydi, urfda esa giometrik naqshlar bo’ladi. Barchasini almashtirishning vaqti keldi! Agar boy odamlarning interyeriga qarasangiz, ular necha yildan beri turganini hatto hayolingizga ham keltirolmaysiz. Bo’yalgan devorlar, oqartirilgan shift va yog’och yoki plita yotqizilgan pol – asrlar davomida sinalgan usuldir.
Moliyaviy odatlarni o’zgartirish qiyin: hayot tarzimizni ko’rib chiqib, dunyoqarashimizga o’zgartirish kiritishimiz lozim.