Test imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Arizani my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda 31 avgustga qadar (10 kun) topshirish mumkin.
Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Ariza bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023 yil 24 avgustdan boshlanadi.