2018/2019 o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi


Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov bergan ma’lumotga ko‘ra, Davlat qabul komissiyasining 5-son bayoni asosida jami 276 ta yo‘nalish bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 mln 935 ming so‘m bo‘lib, 141 ta yo‘nalishda (51,1%) abituriyentlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to‘lab talabaga aylanishlari mumkin.

Eng qimmat super-kontrakt esa o‘tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi – 25 barobar! Bunga ko‘ra, yurist bo‘laman degan, lekin yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar birinchi yil uchun 276 mln 450 ming so‘m to‘lab, talaba bo‘lishlari mumkin.

Shu kabi super-kontrakt uchun 276 ta yo‘nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.

Eslatma: to‘plagan ballari to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball yetmagan, biroq eng yuqori ballning 30%dan (56,7 ball) kam bo‘lmagan holda, o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar super-kontrakda o‘qishi mumkin.

Manba: @xushnudbek