Toshkent shahridagi Inxa universitetida magistratura dasturi ochildi


Universitetda biznes va boshqaruvning fundamental yo‘nalishlariga qo‘shimcha bo‘lmish sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab olgan “Raqamli transformatsiyadagi MBA" nomli magistrlik dasturini ochilishi haqida eʼlon qilindi.

Ushbu kunduzgi taʼlim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Noyob taʼlim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

2021/2022 o‘quv yili uchun ariza topshirish imkoniyati mart oyida dastur haqida batafsil maʼlumot bilan mavjud bo‘ladi.