JORIY YILDAN OLIYGOHLARDA YANGI MUTAXASSISLIKLAR PAYDO BO‘LADI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2018-1019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalarni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24" telekanali “Axborot 24" dasturi xabar qildi.

Qarorga muvofiq bakalavr yo‘nalishida 16 ta (jumladan, biznes-informatika, yoritish texnikasi, biotibbiy fizika va boshqalar), magistraturada (raqamli iqtisod, yarim o‘tkazgich materiallari nanotexnologiyasi, sug‘urta auditi va boshqalar) yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar joriy etilmoqda.