Qabul arafasida Oliy ta’lim vazirligida korrupsiyaga qarshi tadbir


Qabul kuniga oz fursat qolayotgan ayni vaqtda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida ichki auditni yanada rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi kurash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, bu illat avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish va profilaktikasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori Xudoyberdi Tursunbekovning shaxsan o‘zi qatnashgan.

Tadbirda vazirlik tomonidan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Dasturi"ga alohida urg‘u berilgan.

Bu kabi tadbirlarning qabul arafasida o‘tkazilishi har yilgi “ssenariy"larning davomi bo‘lmasligiga ishonib qolamiz.