Halima Xudoyberdiyeva nomidagi maktab-internatga yangi rahbar tayinlandi


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Axmedjanova Pokiza Shavkatovna Halima Xudoyberdiyeva nomidagi maktab-internati direktori etib tayinlandi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur tayinlovga qadar Pokiza Axmedjanova Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi» direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 18-may kuni «Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror chiqarilgandi.