Bu yilgi test sinovlari kompyuterda onlayn ravishda topshiriladimi?


Davlat Test Markazning test sinovlari kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Eshniyozovning “Ma’rifat" gazetasi muxbiriga bildirishicha, test natijalari xorijdan keltiriladigan 2 ta “iNSIGHT-150" optik skaneri yordamida aniqlanadi. Bu texnikalar soatiga 30 mingta javoblar varaqasini o‘qish quvvatiga ega. Ular yordamida kuniga 60 mingta test varaqasini to‘liq ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Yuqorida fikrdan quyidagi xulosaga kelish mumkinki, 2018 yilgi test sinovlaridagi savollar ham kompyuterda emas, balki har yili bo‘lgani singari maxsus savollar kitobchasi shaklida beriladi.

Test sinovi o‘tkazilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha imtihon natijalari hukumat komissiyasida tasdiqlangandan so‘ng Davlat test markazi rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Siz ham vaqtni boy bermay, saytimizdagi TEST SAVOLLARINI ishlab, kirish imtihonlariga munosib tayyorlaning.