11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida» 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4413-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi.