My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qo‘shimcha kontrakt (SUPER KONTRAKT) to‘lovlari qanday?


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 12 iyundagi 2-son bayonining 7-ilovasida “2017/2018 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat Komissiyasining to‘lov-kontrakt asosida belgilangan kvotadan tashqari oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha ravishda qabul qilish bo‘yicha TARTIBI"ishlab chiqildi.

Ushbu tartibdagi ilovaga asosan to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov - kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasida 4 balldan ortiq ball yetmagan, eng yuqori ballning 30% (68.0 ball)dan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot oliygohlarida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagi ko‘rinishda belgilandi:

Mutaxassislik Oshirilgan to‘lov miqdori
(so‘m)

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

Yurisprudensiya 25 * 9 850 000 = 246 250 000

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITET

Jahon siyosati 15 * 9 850 000 = 147 750 000
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 20 * 9 850 000 = 197 000 000
Yurisprudensiya 25 * 9 850 000 = 246 250 000