Xususiy OTMda o‘qiyotgan talabalarning kontraktini ham davlat to‘lab beradi


Kimlarnikini:

"Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirgan talabalar, davlat, xususiy OTMda, kollej yoki texnikumda o‘qisa ham farqi yo‘q. Shu daftarlardan birida bo‘lishi kerak.

Qancha to‘lab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda (16 mln 500 ming so‘mgacha) to‘lanadi.

Kimga qachon murojaat qilish kerak?

Arizani istalgan paytda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga topshirish kerak. Kontrakt nusxasi ham qo‘shib topshiriladi.

Eng uzog‘i 11 kunda arizaga javob berilishi kerak.