Vazirlar Mahkamasi oliy ta'lim yo'nalishida yangi qaror qabul qildi.


2016 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2017 yildan boshlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish 15 iyundan 15 iyulgacha bo‘lib o‘tishi belgilandi. Davlat konservatoriyasida esa qabul komissiyasi 15 iyundan 10 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Bungacha test sinovlari 10 iyul sanasiga o‘tkazilar edi.