Toshkentdagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistratura uchun dastlabki imtihonlar bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi Amiti Universitetida 2020/2021 o‘quv yiliga bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari uchun dastlabki imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihon onlayn-test formatida o‘tkazilib, unda birinchi marotaba sun’iy intellektdan foydalanildi.

Oldindan barcha abituriyentlarga imtihondan o‘tish uchun texnik talablar, imtihon testlari uchun havolalar, shaxsiy login va parollar jo‘natilgan.

Imtixon jarayonida xonada abituriyentlardan tashqari shaxslar bo‘lmasligi, ortiqcha shovqin, hamda qo‘shimcha qaltis harakatlar bo‘lmasligi sun’iy intellekt orqali kuzatildi.

Talabalar tizimni ishga tushirishi bilanoq, avvalo, shaxsni tasdiqlovchi hujjat rasmlari avtomatik ravishda tushiriladi. Xamda ishtirokchining yuzi pasport bilan taqqoslanadi. Shundagina abituriyent imtihonga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida imtixon xaqqoniy o‘tishini ta’minlab beradi.

Bundan tashqari tizim orqali abituriyent bilan muloqot qilish, shuningdek, talabaning harakatlarini jonli rejimda ko‘rish mumkin.

Bir soatlik imtihon mobaynida har bir yo‘nalishda quyidagi fanlar bo‘yicha savollar berildi:

  1. B.Sc.(IT) - matematika / mantiq
  2. B.Tech.(CSE) - Matematika/Fizika/Kimyo
  3. BBA/BA(H)(Economics)/BA(Tourism Administration) - Mantiq
  4. M.Sc.(IT) - matematika / mantiq
  5. MBA - Mantiq

Ingliz tili darajasi esa, faqatgina IELTS sertifikati bilan belgilanadi.

Shuningdek, Amiti Universitetida 1 iyul kuni Foundation dasturiga imtihon o‘tkazilib, unda abituriyentlar matematika va ingliz tilidan test topshirishdilar. Foundation dasturi IELTS sertifikatini talab qilmaganligi sababli, abituriyentlardan ichki ingliz tili imtihonlari olindi.

Barcha nomzodlar Hindiston professorlari va mutaxassislar tomonidan nazorat qilindi. Imtihon jarayonida Toshkentdagi Amiti universitetidan mutaxassislar ishtirok etmadilar.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi imtihonlar 18 va 19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.