Toshkent agrar universiteti Ukraina OTMsi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi


Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Ukraina tabiiy va atrof-muhit fanlari universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif davomida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali bilan Ukraina tabiiy va atrof-muhit fanlari universiteti o‘rtasida 2019-yil 4-iyul kuni Kiyev shahrida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tomonlar qoramolchilik, baliqchilik, asalarichilik, o‘simliklar himoyasi, biotexnologiya sohalarida yangi loyihalar boshlash hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida innovatson ishlanmalarni almashish borasida kelishuvga erishdilar.

Ukraina tabiiy va atrof-muhit fanlari universiteti bilan talabalari almashuvi imkoniyati yaratildi.

Manba: xabar.uz