O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy taʼlim muassasasi tomonidan o‘tkaziladi va tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi;
- qo‘shma taʼlim dasturi asosida davlat oliy taʼlim muassasasini, respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotining filialini yoki nodavlat oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat oliy taʼlim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.