22-avgustdan boshlab talabalar uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi
22-avgustdan barcha talabalar (1-kurslar ham) yangi o‘quv yili uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
“Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring,” deyiladi vazirlik xabarida. Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.