Talabalar 25 oktyabrdan ta’tilga chiqishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi


OTM talabalari 25-oktyabrdan 3 haftalik ta’tilga chiqishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu xabar hech qanday asosga ega emas, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.

«Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga («Yolg‘on axborot tarqatish) ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiramiz»,—deyiladi vazirlik xabarida.