Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat yuridik universitet faoliyatini takomillashtirishga oid PQ-2932-sonli qarorga imzo chekdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitet faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid PQ-2932-sonli qarorga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, universitetda talabalar qabul kvotasi kontrakt hisobiga 600 ta etib belgilanadi (o‘tgan yili 450 nafar edi). Buning ustiga universitetga ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha kontrakt kvotalari olish huquqi berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, universitet yana 300 tagacha qo‘shimcha kontrakt (xalq tilida “super kontrakt") olishi mumkin ekan.