2017 yil 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga o‘tkir talab mavjud bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul bo‘yicha kvotalarni O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning umumiy belgilangan parametrlari doirasida ajratish bo‘yicha taklifi qabul qilindi.
Quyida qaysi tibbiyot oliy ta’lim muassasasiga hududlar bo‘yicha davlat granti asosida nechta kvota ajratilgani bilan tanishishingiz mumkin:
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI (Toshkent)
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 135 ta o‘rin. Shundan:
Surxondaryo – 20 ta, Qashqadaryo – 20 ta, Jizzax – 25 ta, Sirdaryo – 15 ta, Toshkent – 55 ta o‘rin.
Tibbiy profilaktika ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 21 ta o‘rin. Shundan:
Jizzax – 10, Sirdaryo – 1, Toshkent – 10 ta.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 47 ta o‘rin. Shundan:
Jizzax – 18, Sirdaryo – 5, Toshkent – 4, Namangan – 10, Farg‘ona – 10
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASINING URGANCH FILIALI
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 30 ta o‘rin.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 15 ta o‘rin.
Tibbiy profilaktika ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 6 ta o‘rin.
Yuqoridagilarning barchasi Xorazm viloyati hududi uchun.
TOSHKЕNT PЕDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI (Toshkent)
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 40 ta o‘rin. Shundan:
Jizzax – 5, Sirdaryo – 15, Toshkent – 20.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 150 ta o‘rin. Shundan:
Surxondaryo – 30, Qashqadaryo – 30, Jizzax – 15, Sirdaryo – 15, Toshkent – 10, Namangan – 20, Farg‘ona – 30.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 30 ta o‘rin. Shundan:
Surxondaryo – 15, Toshkent – 15.
TOSHKЕNT PЕDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTINING NUKUS FILIALI
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 15 ta o‘rin.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 30 ta o‘rin.
Tibbiy profilaktika ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 15 ta o‘rin.
Stomatologiya fakulteti – davlat granti asosida jami 10 ta o‘rin.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 7 ta o‘rin.
Yuqoridagilarning barchasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun.
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 135 ta o‘rin. Shundan:
Andijon – 87, Namangan – 75, Farg‘ona – 93.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 45 ta o‘rin. Shundan:
Andijon – 15, Namangan – 10, Farg‘ona – 20.
Tibbiy profilaktika ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 30 ta o‘rin. Shundan:
Andijon – 10, Namangan – 10, Farg‘ona – 10.
Stomatologiya fakulteti – davlat granti asosida jami 30 ta o‘rin. Shundan:
Andijon – 10, Namangan – 10, Farg‘ona – 10.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 15 ta o‘rin. Shundan:
Andijon – 15 ta.
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 65 ta o‘rin. Shundan:
Buxoro – 30, Navoiy – 15, Surxondaryo – 10, Qashqadaryo – 10.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 10 ta o‘rin. Shundan:
Buxoro – 5, Navoiy – 5.
Stomatologiya fakulteti – davlat granti asosida jami 5 ta o‘rin. Shundan:
Buxoro – 5.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 15 ta o‘rin. Shundan:
Buxoro – 10, Navoiy – 9.
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
Davolash ishi fakulteti –davlat granti asosida jami 100 ta o‘rin. Shundan:
Samarqand – 35, Surxondaryo – 20, Qashqadaryo – 25, Jizzax – 20.
Pediatriya ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 65 ta o‘rin. Shundan:
Samarqand – 25, Surxondaryo – 12, Qashqadaryo – 13, Jizzax – 15.
Tibbiy profilaktika ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 20 ta o‘rin. Shundan:
Samarqand – 7, Surxondaryo – 4, Qashqadaryo –5, Jizzax – 4.
Stomatologiya fakulteti – davlat granti asosida jami 25 ta o‘rin. Shundan:
Samarqand – 7, Surxondaryo – 6, Qashqadaryo – 6, Jizzax – 6.
Oliy hamshiralik ishi fakulteti – davlat granti asosida jami 25 ta o‘rin. Shundan:
Samarqand – 7, Surxondaryo – 7, Qashqadaryo – 7, Jizzax – 4.