O‘zbekiston diplomatlari amaliy safar bilan Rossiyaning Komi Respublikasida bo‘ldi.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari 1-3 sentabr kunlari amaliy safar bilan Rossiyaning Komi Respublikasida bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo".
Komi Respublikasi ta’lim vaziri Natalya Yakimova O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilar ekan, ushbu hududda jami 80 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar 8 nafari P.Sorokina nomidagi Siktivkar davlat universitetida texnika, tog‘-kon qazilmalari va IT yo‘nalishlarda tahsil olayotganini bildirdi. U so‘nggi yillarda Komida joylashgan universitetlarga budjet asosida o‘qish uchun kvotalar soni ortib borayotgani sababli O‘zbekistondan tog‘-kon qazilmalari yo‘nalishida talabalar qabul qilishga, o‘qituvchilar tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini aytdi.
Mehnat va bandlik vaziri Yekaterina Gribkova kelgusida bosh konsulxona bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni Komi sanoat va ishlab chiqarish sohalaridagi korxonalarga jalb etishda hamkorlik qilishga tayyor ekani, buning uchun vazirlik reyestrida 13 mingta vakant ish joylari mavjudligini ma’lum qildi. U yaqin kunlarda sohalar kesimida ushbu bo‘sh ish joylariga so‘rovnoma yuborilishi aytib o‘tdi.