Qurolli Kuchlar akademiyasida navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi


Qurolli Kuchlari akademiyasida Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakultetining navbatdagi bitiruvchilarini saflarga kuzatish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.


Tadbirda mudofaa vazirining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Qurolli Kuchlari akademiyasi davlatimizning yetakchi oliy harbiy taʼlim muassasasi bo‘lib, bu yerda tayanch oliy taʼlim (bakalavriat), keyingi oliy harbiy taʼlim (magistratura) o‘qitilib, oliy harbiy taʼlimi tizimida pedagogik va ilmiy kadrlarni tayyorlash markazi sifatida ustuvor vazifalar yuklatilgan.


Akademiyada bir nechta yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha keng bilim va tafakkurga, yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual jihatdan rivojlangan, maʼnan va jismonan yetuk ofitser kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish amalga oshiriladi.


Marosimda bitiruvchilarga diplom hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.



Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti