Prezident maktablariga kirish imtihonlari qayerda bo‘ladi?


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga maslahat-tanishtiruv hamda 1 – bosqich kirish imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida maʼlumot berib o‘tdi.

Unga ko‘ra:

Toshkent shahar va Toshkent viloyati – Toshkent shahar, Olmazor tumani, G‘alaba bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida va Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining 1- va 2-maydonlarida;

Sirdaryo viloyati – Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

Qashqadaryo viloyatida – Qashqadaryo viloyati “Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni 2-va 3-maydonlarida;

Farg‘ona viloyati – Farg‘ona davlat universiteti stadioni va Marg‘ilon shahar 2-BO‘SM stadionida;

Buxoro viloyati – Buxoro shahri “Dilkusho" tennis sport majmuasida;

Jizzax viloyati – “So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sunʼiy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

Samarqand viloyati – “Lokomotiv" markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni va Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus shahri “Turon" markaziy stadionida;

Namangan viloyati – 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli «Navbahor umid» stadionlarida;

Xorazm viloyati – Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm" sport majmuasida;

Navoiy viloyati – Navoiy shahridagi “Kimyogar" o‘yingohida;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida;

Surxondaryo viloyati – “Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni va Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

* Mazkur hududlar ro‘yxatiga Respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.