O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
“O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda, 42ta yangi gidro elektro stansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan", — deyilgan prezident qarorida.
Qarorda belgilangan ustivor vazifalar:
- ekologik sof qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng qo‘llash hisobiga elektroenergiya sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini izchil yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish;
- yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektr stansiyalarini loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy hamda har tomonlama asosli ilmiy-texnik qarorlarni joriy qilish hamda shu asosda respublikadagi energetika balansi tuzilmasidagi gidroenergetik quvvatlar ulushini oshirish;
- respublika suv salohiyatini asrab-avaylashni rag‘batlantirishni ta’minlash, gidrotexnik inshootlarni qurish davomida mavjud flora va faunani saqlab qolish, shuningdek suv resurslarini samarali boshqarish;
- transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar va ratifikatsiyalangan xalqaro kelishuvlarga rioya qilish.
Bu qarordan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagi mutaxassisliklarga talab oshishi mumkinligini taxmin qilish mumkin:
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI, TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORASIYA INSTITUTI BUXORO FILIALI
1. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (5310200)
2. Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha) (5141100)
3. Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) (5340700)
4. Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish (5450100)
5. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) (5311000)
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI,
1. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (5310200)
2. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) (5310100)
3. Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha) (5312500)
4. Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (5311800)
5. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) (5312400)
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
1. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (5310200)
2. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) (5310100)
3. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) (5312400)
4. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (5450400)
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
1. Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) (5340700)
2. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) (5340400)
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI, FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI, QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI, TOSHKENT TEMIR YO‘L TRANSPORTI MUHANDISLARI INSTITUTI
1. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) (5340400)
2. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (5310200)
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
1. Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha) (5141100)
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI INSTITUTI
1. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (5450400)