Bakalavriatda pedagogika yo‘nalishida o‘qish shartnomasi qiymati 7,4 mln, tibbiyotda 10,5 mln, huquq va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 11 mln 250 ming so‘m deb belgilandi. Kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan edi.
O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
To‘lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda ta’lim shakllariga (kunduzgi, sirtqi, kechki) qarab farqlanadi.
Bir talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati quyidagicha belgilangan:
Avvalgi yillar taqqoslaganda, to‘lov summalari o‘rtacha 15 foizga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan edi. So‘nggi marta 2019/2020-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni damda 111 ta davlat oliygohi faoliyat yuritmoqda.