Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorni imzoladi (06.05.2017) deb habar beriladi Prezidentning matbuot xizmatida.
Mazkur hujjat qabul qilinishidan maqsad - tibbiy ta’lim sifatini oshirish, oliy va o‘rta maxsus professional tibbiy ta’lim tizimini eng yaxshi xalqaro tajribalar darajasida bosqichma-bosqich shakllantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish.
Qaror quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- tor mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali tibbiy kadrlarni tayyorlashni keng yo‘lga qo‘yish tizimi: magistratura ta’limi - 2-3 yil;
- klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi - 2 yil;
- bakalavr bosqichida ta’limning klinikagacha va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlari ulushini 85 foizga oshirish, shu jumladan klinik ta’lim tajribasi uchun gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini ta’lim davrining umumiy hajmidan 7 foizgacha qisqartirish.
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus professional tibbiy ta’limning yo‘nalishlari belgilab berildi - “hamshiralik ishi", “stomatologiya ishi", “tibbiy profilaktika", “labaratoriya diagnostikasi" va “farmatsiya".
Hozirda bakalavrning “davolash ishi", “professional ta’lim" (davolash ishi), “harbiy-tibbiy ta’lim" (davolash ishi), “pediatriya ishi" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 2-5 kurs talabalari uchun ta’lim 6 yillik asosiy tibbiy ta’limni ta’minlovchi moslashtirilgan o‘quv rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi.